XODIMLAR OʻRTASIDA QIZIQARLI INTELLEKTUAL OʻYINI BOʻLIB OʻTDI
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi kubogi uchun Buxoro viloyatidagi kuch tuzilmalar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Siz qonunni bilasizmi?" mavzusida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyinda 6 ta kuch tuzulmalarning jamoalari bir nechta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Qatnashchilar tezkor sohaga oid va blis-savollarga javob qaytarib, bilim va iqtidorlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Bahslar qiziqarli hamda raqobat ruhida oʻtganidan ishtirokchilarning xar bir shart boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrgani, ularning yoʻl harakati qoidalariga va sohaga oid yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon, qaror va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatidan yaxshi xabardor ekanligini anglash mumkin.
Bellashuv yakuniga koʻra Milliy gvardiya Buxoro viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi jamoasi gʻolib deb topildi. Intellektual oʻyinda faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovgʻa va faxriy yorliklar topshirildi.