XODIMLAR VA ULARNING OTA-ONALARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV OʻTKAZILDI
Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, oila turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
"Xodimlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi ahvoli, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, mavjud boʻlgan muammolar va ularning yechish yoʻllari" mavzusida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvda Milliy gvardiya Markaziy devoni hamda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi masʼullari ishtirok etishdi.
Soʻzga chiqqanlar shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, oilalarda yuz berayotgan baʼzi bir koʻngilsiz holatlarning oldini olishda ota-onalari bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etib, shuningdek, poraxoʻrlik va korrupsiya kabi holatlar uchun belgilangan tartibda javobgarlik belgilanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Tadbir yakuniga ota-onalarning fikr va mulohazalari tinglandi hamda qiziqtirgan barcha savollarga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.