VATAN VA EL RAVNAQI UCHUN BARCHAMIZ MASʼULMIZ!
Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, yoʻl-transport hodisalari va tan jarohati oldini olish bilan bogʻliq salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda masʼul xodimlar hamda Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati tomonidan mavzu yuzasidan tegishli maʼruzalar qilindi. Shunday tinch osuda yurtda yashayotganligimiz, xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va shukronalik xissi barcha xodimlarda birdek boʻlishi zarur ekanligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida qimor va tavakkalchilikka asoslangan totalizator oʻyinlarning salbiy oqibatlari haqida fikr yuritilib, mazkur oʻyinlar girdobiga tushib qolganlarning ayanchli qismati haqida videoroliklar namoyish etildi. Oʻtkazilgan tadbir barcha xodimlar uchun hayotiy tajribalarga boy tarzda boʻldi.