Yangiliklar

29 Noyabr 2023

SAYYOR QABUL – MUAMMO VA ULARGA YECHIMLARNING ASOSIY KAFOLATIDIR

Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Shu maʼnoda Guliston harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Qabulda, shuningdek, Guliston shahar bandlikka koʻmaklashish markazi, Tijorat banklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va boshqa davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Ushbu sayyor qabul jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, xodimlar va oila aʼzolarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida oʻtgan sayyor qabulda har bir ishtirokchi kundalik turmushdagi hayotiy ehtiyojlari yuzasidan murojaat yoʻlladi. Jumladan, qabulda sud-huquq masalalari, ishga kirish, uy-joy va kadastr, bandlik hamda oʻz tadbirkorligini boshlash uchun tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari roʻyxatga olindi.
Tashkil etilgan qabulda jami 11 ta murojaatlar qabul qilinib, 6 tasiga qonuniy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, ijrosi vaqt talab etiladigan 5 ta murojaat nazoratga olinib, mutasaddi idoralarga yoʻnaltirildi. Bunday sayyor qabullar fuqarolar muammolarini tez va ijobiy hal boʻlishida katta ahamiyat kasb etadi.

Close menu