QOʻRIQLASH FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH YUZASIDAN OʻQUV SEMINAR OʻTKAZILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar, xodimlar va mansabdor shaxslar, turli fuqarolar bilan munosabatga kirishganda ular orasida tamagirlik hamda korrupsion holatlarning kelib chiqishini bartaraf etish, tinchlik posbonlari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomni mustahkamlash borasidagi faoliyatni kuchaytirish yuzasidan oʻquv seminar oʻtkazildi.
Unda "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, Harbiy prokuratura, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasi hamda Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi vakillari va masʼul ofitserlari ishtirok etdi.
Muhokamada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, huquq va manfaatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish yoʻnalishlaridagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shu bilan birgalida kuz-qish mavsumi davomida shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarishda texnik va yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish muhimligi soha mutaxassislari tomonidan taʼkidlab oʻtildi.