1 DEKABR — BUTUNJAHON OITSGA QARSHI KURASH KUNI
1 dekabr – Butunjahon OITCga qarshi kurash kuni munosabati bilan Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida navbatdagi davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistentlari ishtirok etib, OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) – OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishdi.
Shuningdek, soʻz olganlar OITSning oldini olishda asosiy eʼtibor, birinchi navbatda, aholi oʻrtasida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish va virus tarqalishining oldini olish muhimligini taʼkidladilar.
Tadbir soʻnggida mutaxassislar xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil tushunchalar berishdi.