Yangiliklar

2 Fevral 2024
Batafsil
"Kiberxavfsizlik va uning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ular tomonidan internet tarmogʻida keng tarqalgan qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar oʻynash holatlarini oldini olish va bu kabi zararli illatlardan ogoh etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek Toshkent harbiy prokuraturasi masʼul xodimlari ishtirokida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi.

1 Fevral 2024
Batafsil
“Qoʻriqlash” bosh boshqarmasining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi rahbariyati soʻzga chiqib, kun tartibidagi masalani chuqur tahlil qildi va kelgusida xizmat intizomini yanada mustahkamlash borasida xodimlarga zarur tavsiyalar berdi. Shundan soʻng sohada qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha qilinayotgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar toʻgʻrisida fikr yuritdi. Bundan tashqari, yosh xodimlarni tarbiyalash, shaxsiy tarkib oʻrtasida oʻzaro ahillik va hamjihatlikni, ijro intizomini mustahkamlash muhimligi taʼkidlanib, xodimlar hamda ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib oʻtildi.

1 Fevral 2024
Batafsil
FARGʻONA MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZI TINGLOVCHI VA XODIMLARI ISHTIROKIDA PROFILAKTIK UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Harbiy intizomni yanada mustahkamlash, xodimlar orasida huquq-tartibotni mustahkamlash maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

31 Yanvar 2024
Batafsil
KUN TARTIBIDA XIZMAT INTIZOMI

"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular orasida mustahkam xizmat va ijrochilik intizomini mustahkamlash maqsadida bir qator uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

31 Yanvar 2024
Batafsil
Navoiyda 40 million soʻmdan ortiq boʻlgan metall quvurlarni talon-taroj qilmoqchi boʻlgan shaxs Qoʻriqlash-patrul xizmati xodimlari tomonidan toʻxtatilib qolindi

Joriy yilning 27 yanvar kuni soat 17:00 da Navoiy viloyati "Navoiy azot" AJ ga tegishli hududda xizmat olib borayotgan Qoʻriqlash-patrul xizmati xodimlari tomonidan, nomaʼlum shaxs hech qanday hujjatlarsiz 300 mm diametrdagi, jami 30 dona metall quvurlarni maxsus texnika yordamida yuklayotganligi aniqlanadi.

31 Yanvar 2024
Batafsil
YOSH XODIMLAR UCHUN TRENINGLAR TASHKIL ETILDI

Milliy gvardiya xodimlarining kasbiy faoliyatida shaxsning jamoaga, xizmat va oddiy hayot tarzidan farq qiluvchi qatʼiy kun tartibi va shaxslararo munosabatlarga kirishish va moslashish alohida oʻrin tutadi.

30 Yanvar 2024
Batafsil
XODIMLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARI ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI

Kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkib orasida xizmat intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tomonidan bir qator manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

30 Yanvar 2024
Batafsil
DAVLAT MULKINING TALON-TAROJ QILINISHI OLDI OLINDI

Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 22:30 da Andijon viloyati “UzAuto Motors” AJda xizmat olib borayotgan Asaka tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari, obyekt hududiga Navoiy viloyati “UZ EROR ALTERNATOR” MCHJ korxonasiga tegishli boʻlgan HOWO A6 rusumli avtotransport toʻxtatilib tekshirilganda, yukxona muhri buzilganligi aniqlangan.