Yangiliklar

25 Noyabr 2024

"Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida keng miqyosda mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish tadbirlari oʻtkazilmoqda

"Yashil makon" umummilliy dasturining kuzgi koʻchat ekish jarayonlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari ham faol ishtirok etib, hududlarning yashil manzarasini yanada boyitishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda. Ular oʻz navbatida, aholining ekologik ongini oshirish, atrof-muhitni saqlash va tabiiy resurslarni tejash borasida muhim rol oʻynaydi.
Ekish jarayoni davomida turli xil mevali daraxtlar va manzarali oʻsimliklar ekiladi, bu nafaqat shaharni goʻzal qiladi, balki kelajakda aholiga yangi mevalar, toza havo va salomatlik uchun foydali boʻladi. Xususan, belgilangan hududlarda tut, gilos, kashtan, akatsiya, pavlovniya qayragʻoch, bodom, singari mevali va manzarali nihollari, suvsizlikka chidamli, iqlimga mos boʻlgan daraxtlar ekilmoqda. Ushbu dastur yashil hududlarni kengaytirish, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va ekologik muvozanatni tiklashga xizmat qiladi.