"QOʻRIQLASH" TIZIMI FAXRIYLARI UCHUN XIVA SHAHRIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Azaliy qadriyatlarimizga asosan, yurtimizda yoshi ulugʻ, keksa otaxon va onaxonlarimiz har doim el-yurt ardogʻida boʻlgan. Har bir xalqning yoshlarga va keksalarga nisbatan ehtiromi uning madaniyatining va rivojlanganligining koʻrsatkichi hisoblanadi. Shuningdek, bunday qadriyatlar har doim yurtimizning maʼnaviy asosini tashkil etgan.
Kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida uzoq yillar davomida samarali faoliyat yuritgan bir guruh faxriylar uchun "Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida "Qoʻriqlash" boshqarmasi maʼmuriy binosi va Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.
Har bir sayohat, ayniqsa, yurt hududlarini qayta aniqlash va ularning tarixiy, madaniy ahamiyatini his etish imkonini beradi. Shu bois, Xiva shahri — oʻzining koʻhna tarixi, madaniy merosi va oʻziga xos obidalari bilan, nafaqat turistlar, balki mahalliy aholi uchun ham har doim eʼtibor markazida boʻlgan.
Faxriylar uchun tashkil etilgan bu sayohat, ularni nafaqat Xiva shahrining noyob obidalari, balki xalqimiz tarixi va qadriyatlari bilan tanishtirishga ham xizmat qildi. Boshqarma tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlarning ota-onalar va keksa avlodga ehtirom koʻrsatishdagi muhim oʻrnini yana bir bor namoyon etdi.