Jizzax viloyatida minifutbol boʻyicha Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati birinchiligi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshqa qator huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiy qismlardan tashkil topgan oʻndan ortiq jamoalar ishtirokida sportning minifutbol turi boʻyicha Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati birinchiligi oʻtkazildi.
Murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtgan musobaqa finaliga Ichki ishlar boshqarmasi va Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoalari yetib keldilar. Final natijalariga koʻra 4-5 hisobida Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, qimmatbaho sovgʻalar hamda kubok tantanali topshirildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, mazkur musobaqaning oʻtgan yilgi amaldagi chempioni xam Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hisoblanadi.