Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida ochiq eshiklar kuni tadbiri oʻtkazildi
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi oʻquvchilari uchun Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda oʻquvchilar boshqarma xodimlarining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Tadbir davomida oʻquvchilarga qoʻriqlash xizmati xodimlarining kasbiy faoliyati, ularning xizmat sharoitlari va amaliyotda qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalar haqida mutaxassislar tomonidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ularning savollariga toʻliq va tushunarli javoblar berildi.
Oʻquvchilar "Qoʻriqlash" boshqarmasidagi maxsus jihozlar, xavfsizlik tizimlari va xodimlarning ish jarayonini kuzatib, bu sohadagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.
Tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni tadbiri orqali oʻquvchilar nafaqat yangi bilimlarga ega boʻldilar, balki oʻzlariga kerakli motivatsiya va ilhom ham oldilar. Tadbir yosh avlodning huquq-tartibot organlariga boʻlgan hurmatini yanada oshirishga ham hissa qoʻshdi.
Bunday tadbirlarning oʻtkazilishi yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, ularning bilim va koʻnikmalarini yanada boyitishga yordam beradi.