1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan, Milliy gvardiyaning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, "Qoʻriqlash" boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda "Yurakdan – Hayotga" shiori ostida begʻaraz donorlik aksiyasi oʻtkazildi. Aksiyaning maqsadi – OITSga qarshi kurashish va donorlikning ahamiyatini keng yoritish, aholini insonparvarlikka daʼvat qilish, hamda donorlikning xayriya xususiyatini targʻib qilishdir.
Ushbu tadbirda Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari, xodimlar, shuningdek yoshlar faol ishtirok etib, qon topshirdilar. Donorlik – insonga nafaqat qon topshirish, balki boshqalarning hayotini saqlab qolish imkonini beradigan, jamiyatdagi haqiqiy insonparvarlik namoyishidir.
Aksiyada ishtirok etganlar, bu qadamlari bilan nafaqat oʻz sogʻliqlariga eʼtibor qaratgan, balki boshqalarga yordam berish, yaʼni, hayot saqlash yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshishga intilishgan. Vatanga xizmat qilish va odamlarga yordam berish har bir kishi uchun buyuk sharaf ekanligi qayd etildi.