TEATR – MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT MASKANIDIR!
Bugungi kunda Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va hududiy boʻlinmalari xodimlari hamda ularning oila aʼzolarining dam olish kunlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maʼnaviy, maʼrifiy va madaniy tadbirlar doimiy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan “Alpomishning qaytishi” (Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari) spektaklining navbatdagi premerasi boʻlib oʻtdi. Premerani intiq kutgan koʻplab tomoshabinlar bilan bir qatorda Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari tashrif buyurib, spektaklni qiziqish bilan tomosha qildilar.
Bundan tashqari, Milliy gvardiya Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek tinglovchilar va muddatli harbiy xizmatchilarni dam olish kunlarini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida Margʻilon shahar musiqali maqom teatriga sayohat tashkil etildi. Unda Gʻulom Zafariyning “Halima” asari asosida teatrlashtirilgan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Bu sahna koʻrinishi orqali oʻquv markaz xodimlari oʻzlariga maʼnaviy ozuqa hamda madaniy hordiq oldilar.