Yangiliklar

11 Fevral 2024
Batafsil
TOSHKENT MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZI TINGLOVCHILARI ISHTIROKIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

Jahonda oila institutini mustahkamlash dolzarb muammo boʻlib, oilaviy ajrimlarning koʻpayib borayotganligi, oilalarda nosogʻlom muhitning hukm surishi va nikohning barbod boʻlishi – koʻplab ichki ruhiy siqilishlar, ziddiyatlar va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

10 Fevral 2024
Batafsil
Favqulodda hollarda yongʻin xavfsizligi choralariga rioya qilish hamda hamkorlikda harakatlanish usullari muhokama etildi

“Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibining favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, yongʻinlar va ularni oʻchirishda bilish zarur boʻlgan koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

10 Fevral 2024
Batafsil
BUYUK SHOIR ALISHER NAVOIY 583 YOSHDA

Ulugʻ shoir va mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Hazrati Mir Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan Alisher Navoiy muzeyiga tashrif buyurishdi.

9 Fevral 2024
Batafsil
SIFATLI XIZMAT - ISHONCHLI HIMOYA GAROVI! Respublikamiz boʻylab oʻgʻirlik va boshqa turdagi huquqbuzarliklarni oldini olishda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining xizmat turlari asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bu borada hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berilmoqda. Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan shahar-tumanlardagi mahallalarda fuqarolar ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Targʻibot va tashviqot ishlari jarayonida mahalla hududidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar va fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, tariflari, yaratilayotgan imkoniyatlar va sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda oylik toʻlovlar haqida maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz xonadonlarini va tadbirkorlik obyektlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Shuningdek, poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan Toshkent temir yoʻllar texnikumida tashkil etilgan targʻibot tadbirlarida mahallalar fuqarolariga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, taʼriflari va yaratilayotgan sharoitlar xususida maʼlumotlar berib borildi. Bu kabi uchrashuvlar Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida ham tashkil etildi. Unda xonadonlarga bepul hamda qoʻshimcha ravishda oʻrnatib beriladigan texnik qoʻriqlash vositalari va ularning ishlash mexanizmi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Oʻtkazilayotgan targʻibot va tashviqot ishlari aholi orasida fuqarolarimizning "Qoʻriqlash" xizmati bilan yanada kengroq tanishish imkonini beradi. Bu esa "Хavfsiz xonadon" loyihasini har bir mahallalarga joriy etilishida shuningdek, aholimizning tinchligi va xotirjamligi, huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda, jamiyatimiz farovonligini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Respublikamiz boʻylab oʻgʻirlik va boshqa turdagi huquqbuzarliklarni oldini olishda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining xizmat turlari asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bu borada hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berilmoqda. Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan shahar-tumanlardagi mahallalarda fuqarolar ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

8 Fevral 2024
Batafsil
HODIMLARNING PSIXOLOGIK BILIMLAR MUSTAHKAMLANDI

Xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish, ularning ishchanlik xususiyatlarini shakllantirish, oʻzaro jamoa boʻlib, birgalikda kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni va kasbiy zoʻriqishlarni bartaraf etish usullarini oʻzida mujassamlangan trening tashkil etildi

8 Fevral 2024
Batafsil
“XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JON!”

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlari mazmunli tashkil etish, shuningdek harbiy kasbga qiziqtirish maqsadida respublikamiz boʻylab turli sport va madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

7 Fevral 2024
Batafsil
OLIS HUDUDLARDAGI YOSHLAR UCHUN VATANPARVARLIK TADBIRLARI

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga muhabbat tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.

7 Fevral 2024
Batafsil
MAKTABLARDA OʻRGANISH ISHLARINI OLIB BORILMOQDA

Maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida qonun buzilishlarga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish, sababsiz darsdan qolayotgan oʻquvchilarni aniqlash, sabablarini oʻrganish hamda taʼlim olishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf qilish maqsadida respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya xodimlari oʻrganish ishlarini olib bormoqda.