Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi. Tadbirlarda "Qoʻriqlash" tizimlarida jonbozlik koʻrsatayotgan jonkuyar xodimlar samimiy muborakbod etilib, ularga oʻzining yuksak hurmati va ezgu tilaklar bildirildi.
Soha ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshib, safdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh xodimlarga Milliy gvardiyaning "Namunali xizmatlari uchun", "Milliy gvardiya fidoyi xodimi" koʻkrak nishonlari, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi rahbariyatining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovgʻalar, shuningdek, samarali xizmatlari uchun tashakkurnomalar topshirildi.
Ishtirokchilarda koʻtarinki kayfiyat baxsh etgan marosimda taqdirlanganlar yuksak ishonch va eʼtirofdan mamnun ekanligini, bunday eʼtibordan ruhlanib, tizimda yanada masʼuliyat va shijoat bilan faoliyat yuritishlarini taʼkidladilar.