Yangiliklar

9 Dekabr 2024

"KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI"

Xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida harbiy xizmatchi va xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyinlari tashkil etildi.
Ishtirokchilar turli savollarga tezkor javob qaytarib, bilim va iqtidorlarini namoyish etishdi. Bahslar qiziqarli hamda doʻstona raqobat ruhida oʻtganidan ishtirokchilarning har bir shart boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrgani, ularning sohaga oid yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatidan yaxshi xabardor ekanligini anglash mumkin. Intellektual oʻyinlari yakunida gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Bundan tashqari "Eng yaxshi jamoa” hamda “Eng faol ishtirokchilar” nominatsiyalari boʻyicha ham sovrindorlar taqdirlandi.
Bu kabi "Zakovat" oʻyinlari yosh harbiy xizmatchi va xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi ahamiyati juda muhimdir.