XORAZM VILOYATIDA HARBIY XIZMATCHI, XODIMLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARI UCHUN KONSERT DASTURI TASHKIL ETILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Filarmoniyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi tomonidan Xorazm viloyatida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, davlat xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari xam ishtirok etishdi. Konsertning asosiy maqsadi — Vatanimiz va fuqarolarimiz xavfsizligi taʼminlashdek sharafli vazifani bajarayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini madaniy xordiq olishlarini taʼminlashdan iborat.
KONSERT dasturi "Qalblarda Vatan madhi" shiori ostida oʻtkazildi va unda Filarmoniyaning isteʼdodli xonandalari Vatanni ulugʻlovchi kuy qoʻshiqlari bilan ishtirok etdi. Bu tadbir harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining ruhiy va maʼnaviy quvvatlanishiga xizmat qildi. Shoirona va maʼnaviy jihatdan yuksak musiqalar orqali ishtirokchilarning milliy gʻururi va Vatanga boʻlgan muhabbati yanada kuchaytirildi.
Har bir ijro, har bir sado Vatanga boʻlgan muhabbat va ehtiromni koʻrsatib, toʻliq maʼnaviy quvvat va ehtiyojni qondirishga xizmat qildi. Bu koʻrgazmali konsert, albatta, harbiy xizmatchilarga oʻziga xos ragʻbatlantirish vositasi boʻlib xizmat qiladi va ularning kelgusi faoliyatiga oʻziga xos kuch baxsh etadi.