“Xodima ayollar oʻrtasida xizmat intizomiga rioya qilishdagi dolzarb masalalar, muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Xodima ayollar oʻrtasida xizmat intizomiga rioya qilishdagi dolzarb masalalar, muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Milliy gvardiya Markaziy devoni hamda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi oilalar bilan ishlash boʻyicha masʼul vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Unda bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida xotin-qizlarning samarali xizmat faoliyat olib borishlari uchun barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilganligi hamda xodima ayollarni ijtimoiy va maʼnaviy jihatdan har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Xotin-qizlarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirib borishi, xizmat vaqtida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar ustida tinimsiz ish olib borish lozimligi aytib oʻtildi. Xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish harbiy xizmatchi va xodimlar oldida turgan asosiy vazifa ekanligi yana bir bor tushuntirib oʻtildi.
Tadbir yakunida Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan bir qator xotin-qizlarga fidokorona xizmatlari va jamoatchilik asosida xodimlarning oila aʼzolarini oʻrganish hamda ish samaradorligini oshirishda qoʻshayotgan hissasi uchun Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyatining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.