Yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, harakat ishtirokchilari uchun aniq va qat’iy belgilangan normalarga amal qilish mexanizmini shakllantirish, yo‘l transport hodisalarini oldini olish uchun ustuvor vazifalardan biri sanaladi.
Milliy gvardiya tizimlarida korrupsion holatlarning oldini olish va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Kitob o‘qish va kitob bilan oshno bo‘lish insonning hayotda o‘z o‘rnini topishi, ma’naviy yuksalishi bilan bir qatorda uning bilim saviyasini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kuni kecha Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusidagi yig‘ilish o‘tqazildi.
"Umid yulduzlari" yozgi sport-sog‘lomlashtirish oromgohi ikkinchi mavsum uchun ham yuz nafardan ortiq dam oluvchi bolajonlar uchun o‘z eshiklarini ochgan. Poytaxtimizning Yangi Hayot tumanida joylashgan ushbu dam olish maskanida kuni kecha tuman "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tomonidan ajoyib ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida xizmat intizomi asosan axloqiy tamoyillar orqali mustahkamlanadi. Aynan Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasining shahar va tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlari xodimlar o‘rtasida ham xizmat intizomini mustahkamlash va qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish masalalari alohida e’tibor qaratilmoqda. Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbir dastavval joriy yilining birinchi yarim yillik sarhisobi hamda xizmat intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.
ENG FAOL KITOBXONLAR NOMI ANIQLANDI
Bugungi kunda yoshlarning sevimli sport turiga aylanib borayotgan ot sporti bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yigit-qizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Namangan viloyatining Davlatobod tumanida joylashgan chavandozlar maktabi ham yoshlarning sevimli manziliga aylangan.