Yangiliklar

13 Sentyabr 2023

ISHONCHLI VA XAVFSIZLIK KAFOLATI BO‘LGAN TIZIM AFZALLIKLARI TARG‘IB ETILMOQDA

Namangan shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda qizil toifaga kiritilgan “Bo‘ston”, “Haqiqat” hamda “Boburshox” MFYlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish hamda mulkiy turdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari, turlari va tariflari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur yo‘nalishda “Qo‘riqlash” boshqarmasining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish – xavfsizlik va xotirjamlikning kafolati ekanligi tushuntirildi.

Profilaktik uchrashuvlarda xodimlar o‘tgan davr mobaynida hududlarda sodir etilgan o‘g‘irlik holatlari haqida to‘xtalib o‘tib, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish, hushyorlikni oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.

Obyekt va xonadonlarga o‘rnatiladigan qo‘riqlov hamda yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari haqida to‘liq ma’lumotlar berilib, ishlash tizimi ko‘rsatib berildi.

Targ‘ibotlar davomida ishonchli "Qo‘riqlash" xizmatidan foydalanish istagini bildirgan fuqarolardan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, qo‘riqlovga olish choralari ko‘rildi.

Respublikamiz bo‘ylab bu kabi targ‘ibotlar davom etmoqda.