“OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA” SHIORI OSTIDA TUSHUNTIRISHLAR OLIB BORILDI
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish hamda mulkiy turdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida Milliy gvardiya Toshkent viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan Chirchiq shahrida navbatdagi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Davlatimizda mol-mulk muhofazasi ta’minlanganligi shu yurtda istiqomat qilib kelayotgan aholi va tadbirkorlik subyektlarining farovon hayot kechirishlarini ta’minlaydi. Bugungi kunda zamon talablaridan kelib chiqib, integrallashgan texnika va texnologiyalar asosida o‘z faoliyatini olib borayotgan "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi xizmati xodimlari xam so‘zimizning isboti desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Mazkur xizmat bilan bog‘liq ma’lumotlarni yurtdoshlarimizga yetkazish maqsadida kuni kecha Chirchiq shahridagi mahalla raislari va faollari, hududda joylashgan korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarga soha faoliyati bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar berib o‘tildi.
Eng minimal miqdordagi ta’rif rejalari, fuqarolar uchun tezkor va qulay servis xizmatlari, bularning barchasi fuqarolarimizning tinch-totuv hayot kechirishlari xonadon va mol mulklarini ishonchli qo‘llarda saqlanishlari bo‘yicha soha xodimlari tomonidan ma’lumotlar berildi.
Albatta, "Qo‘riqlash" boshqarmasi tomonidan bunday targ‘ibot va profilaktik tadbirlardan o‘tkazilayotgan maqsad – jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, "Xavfsiz hudud" va "Xavfsiz xonadon" tamoyili asosida tinchlikka zamin yaratishga qaratilgan.