Yangiliklar

12 Sentyabr 2023

MILLIY GVARDIYA MINTAQAVIY O‘QUV MARKAZLARIDA TINGLOVCHILAR NAVBATDAGI O‘QUV KURSLARINI YAKUNLADILAR

Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazlarida 288 soatli boshlang‘ich tayyorlash o‘quv rejasi va dasturi asosida “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar o‘qitildi.

Shuningdek, 48 soatli qayta tayyorlash o‘quv rejasi va dasturi asosida ham bir guruh tinchlik posbonlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

O‘quv yig‘ini davomida o‘qish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsatgan tinglovchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Tadbirda so‘z olganlar tinglovchilarga tarixiy, ma’naviy va siyosiy nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘lgan oriyatini g‘urur va sadoqatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan yigitlik sha’ni, oru nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi mas’uliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bog‘lab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.