TARG‘IBOTLAR MAHALLALAR KЕSIMIDA DAVOM ETMOQDA
Kuni kecha Termiz shahridagi “Farhod” hamda “Abdurahmon Jomiy” mahallalarida Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida navbatdagi targ‘ibot ishlari olib borildi.
Profilaktik uchrashuvlarda xodimlar o‘tgan davr mobaynida hududlarda sodir etilgan o‘g‘irlik holatlari haqida to‘xtalib o‘tib, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish, hushyorlikni oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.
Mazkur yo‘nalishda “Qo‘riqlash” boshqarmasining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish xavfsizlik va xotirjamlikning kafolati ekanligi tushuntirildi.
Obyekt va xonadonlarga o‘rnatiladigan qo‘riqlov hamda yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari haqida to‘liq ma’lumotlar berilib, ishlash tizimi ko‘rsatib berildi.
Targ‘ibotlar davomida ishonchli "Qo‘riqlash" xizmatidan foydalanish istagini bildirgan fuqarolardan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, qo‘riqlovga olish choralari ko‘rildi.
Hududlarda mahalla va xonadonbay targ‘ibotlar davom etmoqda.