Yangiliklar

12 Sentyabr 2023

MUZЕYLAR – TARIXNI TЕRAN ANGLASH UCHUN ENG MUHIM ASOSDIR

Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini o‘zida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi ko‘prik hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlarini o‘z tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida, kuni kecha Qarshi shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari uchun viloyat Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida muzey mutasaddilari tomonidan xodimlarga muzey tarixi va qadimiy milliyligimizga oid tarixiy yodgorliklar tanishtirilib, ushbu mavjud eksponatlar yuzasidan tushunchalar berildi. Bir olam taassurotlar bilan muzeyda saqlanayotgan madaniy yodgorliklar bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli ko‘zgusiga guvoh bo‘lishdi.

Muzeyga uyushtirilgan bu kabi sayohatlar xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy an’ana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.