Yangiliklar

14 Sentyabr 2023

JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH BORASIDAGI YANA BIR QADAM

Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari hamda “Qo‘riqlash servis" DUK xodimlari bilan birgalikda xonadon va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash hamda o‘g‘irlik va mol-mulklarga qasddan zarar yetkazish holatlarining oldini olish maqsadida savdo markazlari, ko‘ngilochar maskanlar hamda aholi ko‘p yig‘iladigan joylarda xizmat afzalliklari bo‘yicha targ‘ibot tashkil etildi.

Obyekt va xonadonlarni qo‘riqlovga topshirish istagida bo‘lgan fuqarolarning arizalari olinib, xonadon va obyektlarga qo‘riqlash signalizatsiya vositalari o‘rnatilmoqda. Bundan tashqari jamoat tartibini saqlash maqsadida aholi ko‘p to‘planadigan joylarga kuzatuv kameralari o‘rnatilib, ularning texnik sozligi nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek, Zomin tumani markazida joylashgan savdo majmualarining birida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlari olib davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatlarni “Mahallabay” jilovlash borasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi “Xavfsiz mahalla” tezkor-profilaktik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish orqali jinoyatlarning kelib chiqish sabab va sharoitlarini tahlil qilish, mahalla beshligining uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali hududlarda jinoyatlarni oldini olib, aholi farovonligini ta’minlash ekanligi e’tirof etildi.