Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamkorligida Nurafshon shahrida mini-futbol va kamondan otish sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Viloyatning barcha tuman va shaharlardan tashrif buyurgan jami 16 ta jamoa ishtirok etib, oʻzaro gʻoliblik uchun bellashishdi.
Hududlarda markaziy istirohat bogʻlari, savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish shahobchalari hamda dehqon bozorlarida atrof-muhitga zarar yetkazish kabi qoidalarni buzishga oid huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi
Oʻquvchi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Urganch shahridagi Boʻston mahallasida besh tashabbus doirasidagi tadbirlar oʻtkazildi
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati hamda Qarshi harbiy prokuraturasi xodimi adliya podpolkovnigi S.X.Ashrapov hamkorligida oldi olinayotgan jinoyatlar, shuningdek, qonuniylik va intizom holatlari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Bektemir tumanida joylashgan narkologik dispanserda giyohvandlikdan davolanishga yotqizilgan tanishini koʻrish uchun kelgan va oʻzini shubhali harakatlari bilan koʻzga tashlangan fuqaro “Qoʻriqlash” boʻlimi xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.
Qashqadaryo viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi shartnoma asosida davlat obyektlari jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash, shuningdek, qoʻriqlanayotgan obyektlarda jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish kabi vazifalarni amalga oshirish orqali xalqimiz tinchligini taʼminlashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Yoshlarning maʼnaviyatli boʻlib ulgʻayishida ularning oʻz tarixini yaxshi bilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Kuni kecha Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari uchun Xovos tumanida joylashgan “Bobo Jobir” ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.