Yangiliklar

16 Dekabr 2023

OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Oʻquvchi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy shahridagi Prezident maktabida sport musobaqalari tashkil etildi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvlarda ishtirokchilar quvnoq startlar, arqon tortish, kamondan otish hamda stol tennisi turlari boʻyicha oʻzlarining qanday kuch va mahoratga ega ekanliklarini bilib olishdi. Musobaqalarning yakuniy natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan oʻquvchilar va jamoalar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.