Ichki ishlar boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda
"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari shahar-tuman markazlarida joylashgan mahallalarda hududiy nozirlik inspektorlari bilan hamkorlikda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatlarni “Mahallabay” jilovlash borasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida navbatdagi “Xavfsiz shahar” va “Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Bu kabi tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, shuningdek Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Namangan va Fargʻona viloyatlarida oʻtkazildi. Dastlab, yoʻriqnoma jarayonida tadbirdan koʻzlangan maqsad, fuqarolarning oʻgʻirlik, bezorilik, talonchilik, bosqinchilik va firibgarlik jinoyatlari qurboni boʻlib qolishlari haqida ogohlikka chorlash, savdo obyektlari, jamoatchilik maskanlarining belgilangan vaqt orasida faoliyat yuritishini taʼminlash, hushyor va sergak xolda xizmatni tashkil etish, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilish, jinoyat va huquqbuzarliklarga murosasiz boʻlish kabi jihatlar eʼtirof etildi.
Endilikda, shahar hududidagi mahallalarda jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida keskin chora-tadbirlar koʻriladi. Barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida hamkorlikning yanada mustahkamlanishi esa, shaharda jinoyat va huquqbuzarliklarga chek qoʻyish, fuqarolar tinchligi va xavfsizligini yuqori bosqichga olib chiqishda oʻz samarasini beradi.
Tadbirlar davom etmoqda.