Yangiliklar

18 Dekabr 2023

XODIMLAR HAMDA ULARNING OILA AʼZOLARI UCHUN TEATRGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Respublikamiz boʻylab davom etayotgan harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini teatrlarda madaniy hordiq chiqazishlari uchun sharoit yaratib berilmoqda.
Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Kuni kecha xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini dam olish kunini mazmunli oʻtkazish maqsadida Andijon viloyat musiqali drama teatrida "Taqdir" nomli spektakl namoyish etildi. Tadbirda Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.