XODIMLAR HAMDA ULARNING OILA AʼZOLARI UCHUN NAVBATDAGI DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi rahbariyati va Navoiy harbiy prokuraturasi masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan yil boshidan hozirgi kunga qadar xodimlar bilan bogʻliq jinoyatlar, qonun buzilish holatlari va xizmatda yoʻl qoʻyilayotgan bir qator kamchiliklar xususida toʻxtalib oʻtildi. Xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar xodimlaring oila aʼzolariga tushuntirildi. Davra suhbati yakunida xodimlarning xizmat intizomini buzish holatlarini kamaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanib olindi.