Yangiliklar

16 Dekabr 2023

BITIRUVCHILARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar tantanali topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi. "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining 28 nafar tinglovchilari boshlangʻich tayyorlash dasturi boʻyicha hamda IIV PATRUL-post xizmatining 30 nafar xodimlari malaka oshirish oʻquv dasturi boʻyicha navbatdagi oʻquv kurslarini tamomlab, oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.
Kuni kecha oʻquv yigʻinini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirni Milliy gvardiya Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi boshligʻi polkovnik J.Mirzaliyev kirish soʻzi bilan ochib, tinglovchilarni oʻquv yigʻinini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Oʻquv yigʻini davomida oʻzining namunali xulqi, tartib intizomi bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlgan, aʼlo baholarga oʻqigan, sport musobaqasida yaxshi natijaga erishgan tinglovchilar markaz boshligʻining buyrugʻi bilan faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.