Yangiliklar

28 Dekabr 2023
Batafsil
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi matbuot xizmati” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi matbuot xizmati” tanlovi oʻtkazildi.

28 Dekabr 2023
Batafsil
MILLIY GVARDIYA YOSHLAR BILAN

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Fargʻona shahridagi Milliy gvardiyaga biriktirilgan 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari uchun "Milliy gvardiya yoshlar bilan" shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

27 Dekabr 2023
Batafsil
"QOʻRIQLASH" BOʻLIMIDA KITOBLAR YARMARKASI

Kitob insonni kamolotga eltuvchi yoʻlchi yulduz desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Sababi shundaki, kitob oʻqigan inson jamiyatga oʻzining ijobiy yutuqlari bilan taniladi. Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarining xam maʼnaviy salohiyatini oshirish, xodimlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Urganch shahar "Qoʻriqlash" boʻlimida shaxsiy tarkib uchun kitob yarmarkasi tashkillashtirildi.

27 Dekabr 2023
Batafsil
YOʻL HARAKATI QOIDALARI – XAVFSIZLIGINGIZNING KALITIDIR

26 Dekabr 2023
Batafsil
MUHOKAMA MARKAZIDA XIZMAT INTIZOMI MASALALARI

"Qoʻriqlash" saflarida xizmat qilayotgan xodimlarning xizmat intizomini yanada mustahkamlash, ular orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda viloyat Din ishlari boʻyicha qoʻmita aʼzolari, Fargʻona harbiy prokuraturasi masʼullari hamda Fargʻona shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

26 Dekabr 2023
Batafsil
MAKTAB OʻQUVCHILARI UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Bugungi kunning eng muhim talablaridan biri boʻlgan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar ruxida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni kuz qorachigʻidek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, "Xalq va armiya – bir tanu, bir jondir!" degan ezgu gʻoya asosida kamol topishlarini taʼminlash ustuvor vazifalardan boʻlib, bu borada ota-onalar bilan birgalikda mahalla, jamoat tashkilotlari va barcha vazirlik va idoralar masʼuldir.

25 Dekabr 2023
Batafsil
TEATR - MAʼNAVIYAT VA TARBIYA MASKANI

Teatr – bu har bir inson uchun maʼnaviy tarbiya maskani demakdir. Shu asnoda, Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek oilaviy bolalar uylari farzandlarining dam olish kunlarini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida Andijon viloyat qoʻgʻirchoq teatrida "Yovuzlik malikasi yoxud Yangi yil ertagi" deb nomlangan sahnalashtirilgan Yangi yil tomoshalari namoyish etildi.

25 Dekabr 2023
Batafsil
XODIMLAR UCHUN NAVBATDAGI ARZONLASHTIRILGAN OZIQ-OVQAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Respublika miqyosida Milliy Gvardiya xodimlarning Yangi yil bayram dasturxoni uchun oziq-ovqat mahsulotlari, shirinliklar va turli sarxil mevalardan iborat arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda