Yangiliklar

25 Dekabr 2023

TEATR - MAʼNAVIYAT VA TARBIYA MASKANI

Teatr – bu har bir inson uchun maʼnaviy tarbiya maskani demakdir. Shu asnoda, Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek oilaviy bolalar uylari farzandlarining dam olish kunlarini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida Andijon viloyat qoʻgʻirchoq teatrida "Yovuzlik malikasi yoxud Yangi yil ertagi" deb nomlangan sahnalashtirilgan Yangi yil tomoshalari namoyish etildi.
Ayniqsa, bu yerda koʻrsatilgan fokuslar va sirli oʻyinlar bolajonlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Teatr yakunida qorbobo tomonidan bolajonlarga sovgʻa salomlar ulashildi.