"QOʻRIQLASH" BOʻLIMIDA KITOBLAR YARMARKASI
Kitob insonni kamolotga eltuvchi yoʻlchi yulduz desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Sababi shundaki, kitob oʻqigan inson jamiyatga oʻzining ijobiy yutuqlari bilan taniladi. Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarining xam maʼnaviy salohiyatini oshirish, xodimlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Urganch shahar "Qoʻriqlash" boʻlimida shaxsiy tarkib uchun kitob yarmarkasi tashkillashtirildi.
Mazkur kitob yarmarkasida jahon va oʻzbek namoyandalarining ajoyib asarlari jamlangan boʻlib, xodimlar ushbu yarmarka orqali oʻzlari uchun zarur boʻlgan kitoblar jamlanmasini olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan xodimlar uchun maxsus chegirmalar xam tashkillashtirilib, xodimlar ushbu imkoniyatlar orqali maʼnaviy salohiyatlarni yanada oshirdi desak adashmagan boʻlamiz.