YOʻL HARAKATI QOIDALARI – XAVFSIZLIGINGIZNING KALITIDIR
Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibining yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini taʼminlash, yoʻllarda harakatlanish madaniyatini yanada oshirish maqsadida Milliy gvardiya Markaziy devoni avtomobil inspeksiyasi boshligʻi tomonidan profilaktik davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida maʼruzachi tomonidan yoʻl harakati qoidalariga soʻnggi kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, harakat davomida asosiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, yoʻl-transport hodisalariga sababchi holatlar va ularni oldini olish borasida belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan xolda hamda texnik nosoz transport vositalarini boshqarmaslik, hushyorlikni taʼminlash borasida gapirib oʻtilib, fikr va mulohaza qilishga undovchi, yoʻl-transport hodisalari natijasida yuzaga kelgan ogʻir oqibatlarni oʻzida aks ettirgan videoroliklar namoyish qilindi.
Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilarida tugilgan savollarga batafsil javob berildi.