Yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida “Oila mustahkamligini taʼminlashning muhim shartlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Milliy gvardiya Toshkent "Temurbeklar maktabi"da umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan "Yosh gvardiyachilar" harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi oʻz yakuniga yetdi.
Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Davlatobod tumani "Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani" axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda yoshlar ishtirokida “Sizni qanday huquqlaringiz bor?” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Yoshlarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, ularni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida kuni kecha Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.
Xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ular orasida xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni psixologik holatlarini mustahkamlash, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida muntazam ravishda psixologik trening va davra suhbatlari olib borilmoqda.
Aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida Respublika qon quyish markazi mutaxassislari tomonidan donorlik aksiyalari oʻtkazib kelinmoqda. "Men donorman" shiori ostida boʻlib oʻtgan xayriya aksiyasida Milliy Gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.