MADANIY-MAʼRIFIY HAMDA SPORT TADBIRLARI KELAJAGIMIZ EGALARINI KELGUSI HAYOT YOʻLIDA KATTA AHAMIYAT KASB ETADI
Yoshlarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, ularni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida kuni kecha Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.
Dastavval "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan turli xil anjom-aslahalar namoyishi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng “Men vatanimni sevaman” shiori ostida Milliy gvardiya xodimlari va yoshlar uchrashuvi hamda 6 ta shart asosida sport bellashuvlari oʻtkazildi.
Bundan tashqari, ushbu tadbirlar doirasida yoshlarda oʻzgacha qiziqish qoldirgan sportning kamondan otish turi boʻyicha oʻtkazilgan mahorat darslari boʻldi desak adashmaymiz, chunki yoshlar bu sport turi boʻyicha oʻzlarining merganlik mahoratlarini sinab koʻrishdi.
Madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari yakunida bellashuvlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan hamda faol ishtirokchilarga "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan diplom, medal, kitoblar jamlanmasi va esdalik sovgʻalar topshirildi.