Yangiliklar

21 May 2024

MUSTAHKAM XIZMAT INTIZOMI – SAMARALI XIZMAT GAROVI

Xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ular orasida xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida Namangan harbiy prokurori tomonidan joylarda xodimlar tomonidan sodir etilayotgan intizom buzilish holatlarini oldini olish, shaxsiy tarkib orasida turli noxush holatlarni bartaraf etish, xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilik talablarini mustahkamlash, shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Shu bilan bir qatorda, xodimlar tomonidan xizmat davomida qoʻl urilayotgan jinoyatchilik holatlari yuzasidan tanqidiy muhokamalar oʻtkazildi
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.