Yangiliklar

20 May 2024

QON TOPSHIRISH — BIRDAMLIK HARAKATIDIR

Aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida Respublika qon quyish markazi mutaxassislari tomonidan donorlik aksiyalari oʻtkazib kelinmoqda. "Men donorman" shiori ostida boʻlib oʻtgan xayriya aksiyasida Milliy Gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Muntazam tashkil etib kelinayotgan “Men donorman” aksiyasida donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham boʻlsa mutaxassislarning begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan saʼy harakatlarining natijasidir.
Bu kabi tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad esa tibbiy-ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, insonlarni koʻngilli ravishda qon topshirishga chorlash orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat gʻoyalarini keng targʻib qilishga qaratilgan.