XODIMLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARI ISHTIROKIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI
Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida “Oila mustahkamligini taʼminlashning muhim shartlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Urganch davlat universiteti psixolog-mutaxassislari tomonidan mavzu yuzasidan maʼruza qilinib, er-xotin munosabatlarida kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oldini olishda nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi haqida toʻxtalib oʻtishdi. Darhaqiqat, oila muqaddas qoʻrgʻon, uni mustahkamligini taʼminlash esa barcha oila instituti ishtirokchilarining burchi hisoblanadi. Maʼruzachilar tomonidan masalaning ana shu jihatlariga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Tadbirni ikkinchi qismida xodimlarning turmush oʻrtoqlari va farzandlari ishtirokida rolli oʻyinlar orqali trening mashgʻulotlari oʻtkazildi. Oʻtkazilgan bu kabi tadbirlar oilaviy munosabatlarni ijobiy tomondan tartibga solishda dasturulamal boʻlib xizmat qiladi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.