Yangiliklar

22 May 2024

“SIZNI QANDAY HUQUQLARINGIZ BOR?” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Davlatobod tumani "Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani" axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda yoshlar ishtirokida “Sizni qanday huquqlaringiz bor?” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda oʻtkazilayotgan huquqiy islohotlar, fuqarolar va yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda fuqarolik burchlari toʻgʻrisida maʼruza qilib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga toʻla va atroflicha javob berdilar.
Taʼkidlash joizki, davra suhbati qizgʻin va koʻtarinki ruxda boʻlib oʻtdi. Yakunda esa tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga mavzu yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini ham bildirib, oʻzlarining naqadar bilimga ega ekanliklarini namoyish etdilar.