Yangiliklar

24 May 2024

MINI-FUTBOL BOʻYICHA BOSHQARMA BOSHLIGʻI KUBOGI MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI

Yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqada tuman bosqichida gʻolib boʻlgan jamoalar ishtirok etib, gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. Qizgʻin va murosasiz bahslarining yakuniy natijalarga koʻra 3 oʻrinni Nurota tumanidagi 27 sonli maktab, 2 oʻrinni Navoiy shahridagi 8 sonli maktab va faxrli 1 oʻrinni Karmana tumanidagi 10 sonli maktab jamoalari qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar diplom, medal, kubok hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.