RUHIY XOTIRJAMLIK — SAMARALI XIZMAT ASOSI
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni psixologik holatlarini mustahkamlash, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida muntazam ravishda psixologik trening va davra suhbatlari olib borilmoqda.
Shu tadbirlardan davomi sifatida Milliy gvardiya faoliyatini psixologik taʼminlash markazi mutaxassisi ham taklif etilib xodimlarning psixologik holatlarini mustahkamlash, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida navbatdagi psixologik trening oʻtkazildi.
Trening davomida salbiy holatlarni oldini olish, jamoada maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash, muammoli vaziyatni anglash, bartaraf etish yoʻlini topish, harakatlarga toʻgʻri baho berish kabi muhim maʼlumotlar berildi.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan interaktiv mashgʻulotlar olib borilib, insonlarda duch kelish mumkin boʻlgan salbiy va ijobiy holatlar dinamikasi, ijobiy mukammallikka erishish sirlari toʻgʻrisida fikr mulohazalar yuritildi.
Psixologik trening ishtirokchilari ushbu uchrashuv orqali oʻzlariga kerak boʻlgan bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar.
Shuningdek, Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixologlari tomonidan xodimlar ishtirokida "Suitsidal holatlarning belgilari va ularni bartaraf etish usullari" mavzusida maʼruza mashgʻuloti, davra suhbati hamda psixologik trening tashkil etildi.
Ushbu treningda asosiy eʼtibor xodimlarning suitsidal holatlarga tushib qolmasliklari, shaxsiy tarkibning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, hamda ulardagi turli ruhiy zoʻriqishlarning oldini olishga qaratildi.
Xodimlarining kasbiy malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishning psixologik jihatlarini psixokorreksion mashgʻulotlar orqali ochib berish hamda kelgusida uchrashi mumkin boʻlgan har xil psixologik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan trening mashgʻulotlari xodimlarga ularning hayoti va faoliyatida, oilasida, doʻstlari davrasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ziddiyatlarning mohiyatini tahlil qilish va hal etish, oʻz oldiga yangi maqsadlarni qoʻyish va mustaqil qarorlar qabul qilishda muayyan yordam koʻrsatishdan iborat ekanligini koʻrishimiz mumkin.