Xodimlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni badiiy adabiyotga koʻproq yoʻnaltirish maqsadida kuni kecha Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun Qoʻqon shahrida joylashgan zamonaviy “Amiriy” kutubxonasiga tashrif tashkil etildi.
Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida shaxsiy tarkib ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va Guliston harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda xodimlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash, huquqiy bilimlarini oshirish va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan intizom buzish holatlarini hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ulardagi vatanimizning oʻtmishi va buguni haqidagi tushunchalarni yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi saflarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida “Oila – muqaddas qoʻrgʻon. Shukr va sabr uning ustuni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlari bugun intellektual salohiyati yuqori boʻlgan kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim asos boʻlib kelmoqda. Belgilangan reja asosida Huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi va Milliy gvardiya saflaridagi harbiy xizmatchi va xodimlarning malakasi ham oshirilmoqda.
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 17 sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari, nafaqadagi faxriylar va boshqa fuqarolar uchun sayyor va ommaviy qabul oʻtkazildi.
Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi oʻsib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Jumladan, umumtaʼlim maktablarda “Yosh gvardiyachi” sinflarining faoliyati yoʻlga qoʻyilayotganligi yoshlarni kelajakda yurt koriga yaraydigan komil insonlar boʻlib ulgʻayishida muhim turki boʻlmoqda.