XODIMLAR ISHTIROKIDA QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va Guliston harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda xodimlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash, huquqiy bilimlarini oshirish va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan intizom buzish holatlarini hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida pora olish (berish) va unda vositachilik qilish, firibgarlik kabi sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini tahlil qilish, ushbu yoʻnalishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf qilish, jinoyatlarning ogʻir oqibatlari toʻgʻrisida xodimlarga maʼlumotlar berildi. Oʻtgan davr mobaynida xizmat intizomini buzish holatlari, xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oldini olish choralari hamda ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish haqida soʻz yuritildi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.