KUTUBXONA – CHEKSIZ BILIMLAR UMMONI
Xodimlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni badiiy adabiyotga koʻproq yoʻnaltirish maqsadida kuni kecha Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun Qoʻqon shahrida joylashgan zamonaviy “Amiriy” kutubxonasiga tashrif tashkil etildi.
Maʼrifat markazida xodimlarga kutubxona fondidagi kitoblar zaxirasi, turli nomdagi adabiyotlar jamlanmasi bilan yaqindan tushunchalar berildi. Jahonda mashhur boʻlgan durdona asarlar, badiiy, detektiv, bolalar adabiyoti, sheʼriy toʻplamlar oʻrin olgan markazda barcha kitoblar ham bosma ham elektron shaklda, oʻquvchilarga qulay usulda kitobxonlarga taqdim etilishi, shuningdek, milliy va jahon yozuvchilarining asarlarini oʻqish imkoniyatlari mavjudligi taʼkidlandi.
Kitob oʻqish, badiiy asarlar mutolaasi inson aqlini kamolotga yetaklab, uning salohiyatini oshiradi, insonlar orasida tafakkurining rivojlanishiga asos yaratadi.