Yangiliklar

25 May 2024

SAYYOR VA OMMAVIY QABUL OʻTKAZILDI

Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 17 sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari, nafaqadagi faxriylar va boshqa fuqarolar uchun sayyor va ommaviy qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosari adliya podpolkovnigi M.K.Niyazov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devon Yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi adliya polkovnigi I.T.Turgʻunov, shuningdek, boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
Unda harbiy xizmatchilar, xodimlar va ularning oila aʼzolari hamda ushbu hududda yashovchi fuqarolarni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalari tinglandi. Qabul jarayonida kelib tushgan jami 60 ta murojaatlardan 22 ta murojaatlar joyida hal etildi, 12 ta murojaatlar yuzasidan tushuntirish berildi, 26 ta murojaatlar nazoratga olindi.
Oʻylaymizki, mazkur tadbirlar harbiy xizmatchi va xodimlarning farovon turmush tarzini taʼminlash hamda sifatli tarzda xizmat olib borishlari uchun dasturulamal boʻladi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.