Yangiliklar

27 May 2024

MUZEYGA EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI

Xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ulardagi vatanimizning oʻtmishi va buguni haqidagi tushunchalarni yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun Navoiy shahridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida xodimlar urush davrining asosiy voqealari, viloyatning tarixi hamda hozirgi kundagi faoliyati, qadimiy eksponatlar haqidagi bilimlarga ega boʻldilar. Bundan tashqari, ilmiy xodimlar mahalliy xalqlarning turmush tarzi haqida soʻzlab berishdi. Bir olam taassurotlar bilan muzeylarda saqlanayotgan madaniy yodgorliklar bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli koʻzgusiga guvoh boʻlishdi.
Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad – milliy madaniyatimiz, boy tarixiy meroslarimizni oʻrganish, qolaversa, soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdan iboratdir.