Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarning navbatdagi tantanali sertifikatlar topshirish tadbirlari boʻlib oʻtdi
Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlari bugun intellektual salohiyati yuqori boʻlgan kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim asos boʻlib kelmoqda. Belgilangan reja asosida Huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi va Milliy gvardiya saflaridagi harbiy xizmatchi va xodimlarning malakasi ham oshirilmoqda.
Kuni kecha Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazlarini navbatdagi tinglovchilar tamomladilar. "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi, shuningdek, IIO PPX va JTSB xodimlari malaka oshirish va boshlangʻich tayyorgarlik dasturlari boʻyicha navbatdagi oʻquv kurslarini tamomlab, oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladi. Shu munosabat bilan bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirni markazlar rahbariyati kirish soʻzi bilan ochib, tinglovchilarni oʻquv yigʻinini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.