OILA – MUQADDAS QOʻRGʻON. SHUKR VA SABR UNING USTUNI
Kuni kecha Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi saflarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida “Oila – muqaddas qoʻrgʻon. Shukr va sabr uning ustuni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda masʼullar tomonidan mavzu yuzasidan maʼruza qilinib, xodimlarning oila aʼzolariga oila bebaho boylik ekanligi, vatan va yurt ravnaqi yoʻlida sidqi dildan xizmat qilish esa, sharafli burch ekanligi, ularning turmush oʻrtoqlari mana shunday sharafli kasbning sohiblari ekanligi, bu sharfni sadoqat bilan bajarishlarida oila aʼzolarining qoʻllab quvvatlashi va yonida turishi muhim ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, er-xotin munosabatlarida kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oldini olishda nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi haqida toʻxtalib oʻtishdi. Tadbir davomida, turmush oʻrtoqlarining ish faoliyatiga doir qushimcha savollar boʻyicha alohida qabul tashkil etilib, takliflari yozib olindi.
Kunning ikkinchi yarmida belgilangan rejaga asosan xodimlarning oila aʼzolari bilan Rishton tumanidagi “Xalqaro hunarmandlar markazi”ga sayohat tashkillandi. Yigʻilganlar hunarmandchilik sir asrorlari, usta hunarmandlar tomonidan tayyorlangan sanʼat asarlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Oʻtkazilgan bu kabi tadbirlar oilaviy munosabatlarni ijobiy tomondan tartibga solishda dasturulamal boʻlib xizmat qiladi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.